Yangiliklar

Eron Netanyaxuning ofisiga zarba bergani aytilmoqda

Hujum tafsilotlari va uning oqibatlari haqida hozircha rasmiy qo‘shimcha ma’lumot berilmagan
Eron Netanyaxuning ofisiga zarba berganini ma’lum qildi
Foto: Ochiq manba

Eron Islom inqilobiy qo‘riqchilar korpusi so‘nggi raketa hujumida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning idorasi hamda Isroil Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni joylashgan manzil nishonga olinganini bildirdi.

Bayonotga ko‘ra, zarba kutilmagan tarzda amalga oshirilgan. Hujum tafsilotlari va uning oqibatlari haqida hozircha rasmiy qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, hujumdan so‘ng Netanyaxuning taqdiri noma’lum ekani aytilmoqda. Mazkur ma’lumot Isroil tomonidan tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Isroilning rasmiy hukumat samolyoti xavfsizlik sababli Germaniyaga qo‘ndi va poytaxt Berlin aeroportiga joylashtirilgani haqida yozgan edi.

Flightradar24 parvozlarni kuzatish xizmati samolyot shanba kuni tushdan keyin Isroildan havoga ko‘tarilgani, avval O‘rta yer dengizi uzra aylana parvoz qilgani va kechga borib Germaniyaga yetib borganini aniqladi.