Isroil rasmiy hukumat samolyoti Germaniyaga joylashtirildi, Yaqin Sharqdagi mojaro fonida neft va oltin narxi oshdi — 3-mart kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
2026-yilda Qoraqalpog‘istonning yalpi hududiy mahsuloti 8,1 foizga oshiriladi
Isroil rasmiy hukumat samolyoti Germaniyaga joylashtirildi, Yaqin Sharqdagi mojaro fonida neft va oltin narxi oshdi — 3-mart kuni e’lon qilingan yangiliklar
Foto: Pexels

Isroil rasmiy hukumat samolyoti Germaniyaga joylashtirildi, Yaqin Sharqdagi mojaro fonida neft va oltin narxi oshdi — 3-mart kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida neft va oltin narxi oshdi

«Qarshi neft bazasi» rahbari ishdan olindi
Foto: BKS Express

Yaqin Sharqda boshlangan harbiy harakatlar ortidan jahon bozorlarida neft, oltin va dollar ko‘tarildi.

2-mart kungi savdolarda Brent nefti narxi 2025-yil yanvaridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi. Keyinroq narx biroz pasayib, $77,5 atrofida barqarorlashdi. Oltin narxi ham 2,2 foizga oshib, bir unsiyasi uchun $5,4 ni tashkil qildi.

Isroil rasmiy hukumat samolyoti Germaniyaga joylashtirildi

Isroil rasmiy hukumat samolyoti Germaniyaga joylashtirildi
Foto: Reuters

Isroilning rasmiy hukumat samolyoti xavfsizlik sababli Germaniyaga qo‘ndi va poytaxt Berlin aeroportiga joylashtirildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Germaniya hukumati manbalariga ko‘ra, AQSh va Isroil zarbalari natijasida Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘lganidan so‘ng mintaqa keskinlashdi va Isroil samolyotni xavfsiz joyga ko‘chirishga majbur bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda isitish mavsumi uzaytirildi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda isitish mavsumi uzaytirildi
Foto: Unsplash

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumi davomiyligi 2026-yil 15-martigacha uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyining dastlabki 15 kunida havo harorati past bo‘lishi kutilmoqda. Shuning uchun, Vazirlar Mahkamasi isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yorni prezident topshirig‘iga binoan uzaytirdi.

Kriptoaktivlar xizmatlarini litsenziyalashda yangi mexanizm qo‘llaniladi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarini litsenziyalashda «asoslantirilgan mulohaza» mexanizmidan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

«Asoslantirilgan mulohaza» — bu qonunchilik talablariga qo‘shimcha ravishda qo‘llaniladigan professional baholash usuli hisoblanadi. Ushbu yondashuvda ko‘rib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni uning rasmiy mazmunidan ustuvor deb qabul qilinadi.

Toshkent viloyati prokuraturasi xodimi 9 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Prokuratura xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: DXX

Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri tadbirkordan $9 ming talab qilgan. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘rta Chirchiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Natijada 276 mln so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Kimlarga bog‘cha puli 50 foizga kamaytirib beriladi

2026-yil 1-apreldan Nukus shahri tarkibiga kiruvchi «Qaratau» va «Bestobe» mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi 50 foizga kamaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona xizmatlari bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar uchun ham soliq imtiyozlari beriladi. 2027-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvargacha ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar yer va mol-mulk solig‘ini 90 foizini kamaytirilgan stavkada to‘laydi.

2026-yilda Qoraqalpog‘istonning yalpi hududiy mahsuloti 8,1 foizga oshiriladi

2026-yilda Qoraqalpog‘istonning yalpi hududiy mahsuloti 8,1 foizga oshiriladi. Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘istonni 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda kelgusi yillarga mo‘ljallangan dasturlari tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil yakuniga qadar yalpi hududiy mahsulot hajmini 8,1 foizga, sanoat ishlab chiqarishini 8 foizga oshirish rejalashtirilgan. Ishsizlik darajasi 4,2 foizgacha, kambag‘allik 3,2 foizgacha tushiriladi. Nukus shahri, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlari hamda 109 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantiriladi.

O‘zbekiston «Katta dubulgʻa» turnirini uchinchi o‘rin bilan yakunladi

Foto: MOQ

Toshkentda yakunlangan Tashkent Grand Slam 2026 turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Shuningdek