«Kapital sug‘urta»ning imtiyozli aksiyalari savdosi vaqtincha cheklandi
eʼlon qilindi
Imtiyozli aksiyalari narxi qisqa muddat ichida 257,14% ga oshgani sababli

«Kapital sug‘urta» AJning imtiyozli aksiyalari narxi qisqa muddat ichida 257,14% ga oshgani sababli, savdolar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «Toshkent» Respublika fond birjasida ma’lum qilindi.
Ushbu ko‘tarilish 16-fevraldan 27-fevralgacha bo‘lgan 10 ish kunida qayd etildi.
Birja ma’lumotlariga ko‘ra, narxlarning keskin o‘sish sabablarini aniqlash va holatni chuqur o‘rganish maqsadida 2-martdan boshlab emitentning imtiyozli aksiyalari bilan savdolar vaqtincha to‘xtatilgan.
Bu qoidalar Qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalari, 1687-bandga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zRTXBda qimmatbaho metallar savdosi 59 foizga o‘sgani haqida yozgandi.