
2026-yil 1-apreldan Nukus shahri tarkibiga kiruvchi Qaratau va Bestobe mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi 50 foizga kamaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona xizmatlari bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar uchun ham soliq imtiyozlari beriladi. 2027-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvargacha ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar yer va mol-mulk solig‘ini 90 foizini kamaytirilgan stavkada to‘laydi.
2028-yil 1-yanvargacha Qoraqalpog‘istondagi tijorat banklari balansida bo‘lgan mol-mulk obyektlari bozor narxida qayta baholanadi. Ular 10 yil davomida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri sotiladi.
Agar xaridor mol-mulk uchun to‘lovni 6 oy ichida to‘liq amalga oshirsa, shartnoma qiymatining 25 foizi miqdorida chegirma beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vazirligi Qoraqalpog‘istonda «metan zapravka»lar faoliyati cheklanganini rad etgandi. Ta’kidlanishicha, magistral gaz quvurlarida bosim bir me’yorda saqlanmoqda.