Yangiliklar

O‘zbekiston fuqarolari uchun favqulodda koll-markazlar ish boshladi

Yaqin Sharq mintaqasidagi tarangliklar fonida
O‘zbekiston fuqarolari uchun favqulodda koll-markazlar ish boshladi / Foto: Freepik

Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat keskinlashishi munosabati bilan O‘zbekiston xorijdagi diplomatik vakolatxonalari fuqarolar uchun favqulodda aloqa raqamlarini taqdim etdi. Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu raqamlar mintaqada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga tezkor konsullik yordamini ko‘rsatib turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Konsullik xizmati departamenti:

  • Telefon: +998 97 136 51 51
  • Koll-markaz: 1164

O‘zbekiston Respublikasining Erondagi elchixonasi (Tehron shahri):

  • Telefon: +98 912 132 78 23
  • Mas’ul shaxs: Yo‘ldoshev Elbek

O‘zbekiston Respublikasining Qatardagi elchixonasi:

  • Telefon: +974 5141 1001 — Konsul: Otabek Muratov
  • Telefon: +974 3352 0001 — Elchi maslahatchisi: Shuhrat Teshboyev

O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi:

  • Telefon: +971 54 212 18 53 — Jahongir Xaitov

O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi (BAA):

  • Telefon: +971 55 986 90 40 — Konsul: Jahonboy Bobonazarov
  • Telefon: +971 55 956 41 10 — Konsul: Azizbek Odilov

O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi elchixonasi:

  • Telefon: +966 11 263 52 23
  • Konsul: Azimjon Qobiljonov — +966 56 721 77 31 (Telegram / WhatsApp)

O‘zbekiston Respublikasining Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi (Saudiya Arabistoni):

  • Telefon: +966 12 607 72 50
  • Konsul: Shuhrat Ibragimov — +966 59 439 08 50 (Telegram / WhatsApp)

O‘zbekiston Respublikasining Kuvaytdagi elchixonasi:

  • Telefon: +965 2539 6515
  • Maslahatchi: Ergashev Iqboljon — +965 9713 0270
  • Konsul: Toirov Islomxon — +965 9942 7517

O‘zbekiston Respublikasining Ummondagi elchixonasi:

  • Telefon: +968 7159 5715
  • Konsul: Otabekjonov Ramzbek

O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi elchixonasi:

  • Konsul: Shuhrat Abdullayev — +972 54 485 13 97

Tashqi ishlar vazirligi xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ehtiyot choralariga rioya qilishga va zarurat tug‘ilganda yuqoridagi aloqa raqamlari orqali diplomatik vakolatxonalarga murojaat etishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklardan xorij safarlarini vaqtincha kechiktirish so‘ralgan edi.