Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tabiiy gaz bazaviy me’yori uzaytirildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Prezident topshirig‘iga binoan
Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanishi mumkin
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tabiiy gaz bazaviy me’yori uzaytirildi / Foto: Unsplash

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 2026-yil 15-martigacha uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyining dastlabki 15 kunida havo harorati past bo‘lishi kutilmoqda. Shuning uchun, Vazirlar Mahkamasi isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yorni prezident topshirig‘iga binoan uzaytirdi.

Ushbu qarorga muvofiq, odatiy 500 kub metr hajmdagi bazaviy me’yor 15-martiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi aholiga taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vazirligi Qoraqalpog‘istonda «metan zapravka»lar faoliyati cheklanganini rad etgan edi.

Shuningdek