Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonida simsiz zaryad qanday ishlaydi

2-mart 2026 11:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Galaxy S26 Ultra smartfonining tezroq simsiz zaryad qanday ishlaydi
Foto: Sammobile

Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonida batareya sig‘imi o‘zgarmagan bo‘lsa-da, kompaniya simli va simsiz zaryadlash tezligini oshirdi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Janubiy Koreyaning WiTS kompaniyasi Galaxy S26 Ultra uchun 25W yuqori quvvatli simsiz zaryad qabul qiluvchi modulni yetkazib berganini e’lon qildi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, modul yaxshilangan issiqlik boshqaruvi va barqarorroq quvvat uzatish tizimi orqali yuqori samaradorlikka erishadi.

Shuningdek, yangi modul oldingilariga nisbatan ingichkaroq ishlab chiqilgan. Bu esa uni yupqaroq smartfonlar ichiga joylashtirish imkonini beradi.

WiTS vakillarining aytishicha, Galaxy S26 seriyasining dastlabki ishlab chiqarish hajmi taxminan 4,9 mln donani tashkil etadi. Shundan qariyb 70 foizi Galaxy S26 Ultra ulushiga to‘g‘ri keladi. Kompaniya ushbu seriyada asosiy butlovchi qismlar yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib qolishni maqsad qilgan.

WiTS 2019-yilda Samsung Electro-Mechanics’ning simsiz zaryadlash bo‘limini sotib olish orqali tashkil etilgan. Shu bois Samsung‘ning bu modulni aynan WiTS’dan olishi kutilgan holat sifatida baholanmoqda. O‘tgan yili kompaniya Samsung’ning 3-in-1 simsiz zaryad qurilmasini ham ishlab chiqargan edi.

Galaxy S26 Ultra 25W simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Standart Galaxy S26 esa 15W bilan cheklangan. Galaxy S26+ mos keluvchi adapter bilan 20W gacha simsiz zaryadni qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq ushbu modellarda ichki magnitlar mavjud emas. Qi2 standartidan foydalanish uchun magnitli g‘ilof talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S24 va S23 uchun fevral yangilanishi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek