Shavkat Mirziyoyev Oyatulloh Ali Xomanaiy vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga yo‘llagan maktubida
Shavkat Mirziyoyev Oyatulloh Ali Xomanaiy vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga yo‘llagan maktubida Oyatulloh-ul-uzmo Sayyid Ali Xomanaiyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Eronning Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi.

Davlat rahbari maktubida Oyatulloh Ali Xomana’iyning vafoti haqidagi xabar O‘zbekiston xalqini chuqur iztirobga solganini qayd etdi.

«U zot o‘zining ko‘p yillik samarali faoliyati davomida Eron davlatchiligini mustahkamlash, jamiyat barqarorligi va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash yo‘lida katta xizmatlar qildi.

O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan ul zotning yorqin xotirasi qalblarimizda doimiy saqlanib qoladi.

Ushbu musibatli va og‘ir damlarda Siz, Janobi Oliylariga va do‘st Eron xalqiga samimiy hamdardik izhor etamiz. Qodir Allohdan marhumlarning ruhini o‘z rahmatiga olishini, oila a’zolari va barcha yaqinlariga bardamlik va sabri jamil ato etishni so‘rab qolamiz», — deyiladi maktubda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Islom inqilobiy qo‘riqchilar korpusi so‘nggi raketa hujumida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning idorasi hamda Isroil Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni joylashgan manzil nishonga olinganini bildirgandi. Bayonotga ko‘ra, zarba kutilmagan tarzda amalga oshirilgan. Hujum tafsilotlari va uning oqibatlari haqida hozircha rasmiy qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Shuningdek