Umo 5 savdosi elektromobilining savdosi qachon boshlanadi

2-mart 2026 15:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Umo 5 savdosi elektromobilining savdosi qachon boshlanadi
Foto: Auto.mail.ru

Umo 5 elektromobilining rasmiy savdosi 2026-yil aprel oyida start oladi. Bu haqda «Tarantas Nyus» nashri xabar bermoqda. Modelning boshlang‘ich narxi 2,5 mln rubl ($32 ming) etib belgilangan.

Yangi Umo 5 shaharda foydalanish va taksi parklariga mo‘ljallangan elektro krossover sifatida taqdim etilmoqda. Avtomobil 200 ot kuchidan ortiq quvvatga ega elektr motor bilan jihozlangan. U 0 dan 100 km/soat tezlikka 8,5 soniyada chiqadi.

Elektromobilning yurish zaxirasi 420 kmni tashkil etadi. Tezkor quvvatlash orqali batareyani 30 daqiqada 80 foizgacha to‘ldirish mumkin.

Foto: Auto.ru

Umo 5 uzunligi 4 535 mm, g‘ildirak bazasi 2 750 mmga teng. Bagaj hajmi 405 litrdan 1 200 litrgacha o‘zgaradi. Yo‘l oralig‘i 150 mm.

Navigatsiya, musiqa va video funksiyalari qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, avtomobilda simsiz quvvatlash va 14,6 dyuymli sensorli multimedia displey mavjud.

Fevral oyida Umo elektromobillari ishlab chiqarilishi Moskva shahridagi «Moskvich» zavodida rasman yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Yandex Rossiyada ilk elektromobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek