Xomanaiyning turmush o‘rtog‘i kasalxonada vafot etdi

eʼlon qilindi
80 yoshida
Xomanaiyning turmush o‘rtog‘i kasalxonada vafot etdi / Foto: Wikipedia

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning turmush o‘rtog‘i Mansura Xojasta Bagirzoda vafot etdi. Bu haqda Eronning Mehr agentligiga tayanib, qator manbalar xabar berdi.

Xabarlarda aytilishicha, u Xomanaiyning qarogohiga qilingan AQSh – Isroil havo hujumlari ortidan qattiq jarohatlangan, koma holatida kasalxonaga yotqizilgan va o‘sha yerda hayotdan ko‘z yumgan.

Mansura Xojasta Bagirzoda 1947-yilda Eronning Mashhad shahrida diniy oilada tug‘ilgan, Xomanaiy bilan 1960-yillarning o‘rtalarida turmush qurgan.

Mansura va Xomanaiyning oltita farzandi bor – to‘rtta o‘g‘il va ikki qiz: Mustafo, Mujtaba, Ma’sud, Maysam, Bushro va Xuda. Ular ta’lim, din va siyosiy doiralardagi yirik shaxslar bilan oila qurgan.

Avvalroq harbiy zarbalar oqibatida Ali Xomanaiyning o‘zi ham halok bo‘lgan edi. Qayd etilishicha, hodisa paytida Oyatulloh o‘z ishxonasida bo‘lgan.

Shuningdek, OAVda Xomanaiyning qizi, kuyovi, nabirasi va kelini ham vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalgan. Rasmiy manbalar voqea tafsilotlarini aniqlashtirishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oyatulloh Ali Xomanaiyning hayoti va siyosiy faoliyati haqida yozgan edik.

Shuningdek