Yaqin Sharqdagi mojaro fonida neft va oltin narxi oshdi

Yaqin Sharqda boshlangan harbiy harakatlar ortidan jahon bozorlarida neft, oltin va dollar ko‘tarildi.
2-mart kungi savdolarda Brent nefti narxi 2025-yil yanvaridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi. Keyinroq narx biroz pasayib, $77,5 atrofida barqarorlashdi. Oltin narxi ham 2,2 foizga oshib, bir unsiyasi uchun $5,4 ni tashkil qildi.
Mintaqadagi vaziyat 28-fevral kuni AQSh va Isroil Eronga raketa zarbalari berishi hamda Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘ldirilishi ortidan keskinlashgan. Bunga javoban Eron Isroil va bir qator arab davlatlaridagi AQSh bazalariga hujum uyushtirdi. Eron rasmiylari xalqaro savdo uchun muhim bo‘lgan Hurmuz bo‘g‘ozi ochiqligini ta’kidlashiga qaramay, u yerdan tankerlar harakati amalda to‘xtatilgan.
Yaqin Sharq mintaqasida BAA va Quvayt o‘z fond bozorlarini vaqtincha yopishga qaror qildi. Yevropa bozorlarida ham salbiy tendensiya kuzatilib, Eurostoxx 50 fyucherslari 1,4 foizga, DAX ko‘rsatkichlari esa 1,3 foizga pastladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hindiston Rossiya neftidan voz kechayotgani haqida xabar bergan edi.