Yangiliklar

Yaqin Sharqqa reyslar bekor qilinishi ortidan aviakompaniyalar aksiyasi pasaymoqda

Eng katta pasayish Lufthansa’da kuzatilgan — 10,6 %
Yaqin Sharqqa reyslar bekor qilinishi ortidan aviakompaniyalar aksiyasi pasaymoqda / Foto: AP

Yaqin Sharq yo‘nalishidagi parvozlarning yarmiga ko‘pi bekor qilindi. Bu esa yirik aviakompaniyalar aksiyalarining sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘lmoqda.

Mintaqadagi reyslarning 50 foizdan ortig‘i bekor qilingan. Aslida esa bu raqamlar undan ham yuqori bo‘lishi mumkin, chunki barcha aviakompaniyalar jadvalni o‘z vaqtida yangilamagan.

Reyslar bekor qilinishi va havo maydonlarining qisman yopilishi natijasida aviakompaniyalarning aksiyalari sezilarli darajada pasaydi. Jumladan, AirFrance‑KLM aksiyalari 9 % dan ortiq, Lufthansa 10,6 % ga tushdi. Shuningdek, IAG (British Airways’ga tegishli) aksiyalari deyarli 8 %, Wizz Air 5 % dan ortiq, Ryanair esa London birjasida deyarli 4 % ga kamaydi.

Foto: FlightRadar24

Mintaqadagi Dubay, Abu Dabi va Doha kabi asosiy aeroportlarning yopilishi yoki xizmat ko‘rsatishda cheklovlar mavjudligi sababli minglab yo‘lovchilar tranzit zonada qolib ketmoqda. Shu bilan birga, mudofaa kompaniyalari aksiyalari yashil zonada bo‘lib, u yerda sezilarli o‘sish kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil rasmiy hukumat samolyoti Germaniyaga joylashtirilgani haqida yozgan edik.