YPX inspektorini urib ketgan o‘quvchi qamoqqa olindi

2026-yil 25-fevral kuni Mirobod tumanida YPX inspektori Xosilbek Eshnazarovni urib yuborgan 2010-yilda tug‘ilgan Doniyor Turg‘unovga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur jinoyat ishi doirasida Doniyor Turg‘unov Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi hamda 104-moddasi 3-qismi «d» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Sudning 28-fevraldagi ajrimiga binoan gumon qilinuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, YPX inspektori Xosilbek Eshnazarov 1993-yilda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumnaida tug‘ilgan. Tergov jarayoni ustidan shaxsan Bosh prokuror nazorati o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida yuz bergan va YPX inspektori halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi ortidan BMW M4 avtomobilini tyuning qilgan atelye rahbari Asadbek Jumayev jamoatchilikka murojaat qilgan edi.