
O‘zbekiston fuqarolari endilikda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Deklaratsiyaning elektron shakli bojxona organlarining axborot tizimi orqali mobil ilova yordamida avtomatik tarzda shakllantiriladi. Bu fuqarolarga qulaylik yaratib, deklaratsiya topshirish jarayonini tezlashtiradi.
Yo‘lovchilar tomonidan aniqlangan texnik xato yoki kamchiliklar bojxona xodimi tomonidan tuzatilishi mumkinligi ham qayd etilgan.
Shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun deklaratsiyada «tovar nomi» va «buyum nomi» ustunlarida buyum egasining pasport yoki ID karta raqami ko‘rsatilishi zaruru bo‘ladi.
Mobil qurilmalar esa deklaratsiya qilinishi shart, ularning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlardan qat’iy nazar, tizim operatori bazasida ro‘yxatga olingan va O‘zbekiston hududida sotib olingan bo‘lsa, bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bojxona orqali oltin olib o‘tish qanchaga tushishi haqida yozgan edik.