Yangiliklar

FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi
Foto: DXX

Toshkent shahrida Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi. Bu haqda DDX xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur obyekt qurilishida bir qator kamchiliklar bartaraf etilmagan bo‘lgan. Tadbirkor «Nazorat.MS.UZ» elektron portali orqali topshiriladigan arizasini ijobiy hal qilib berish evaziga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimiga $30 ming pora taklif etgan.

FVV xodimi ushbu holat bo‘yicha mas’ul idoralarni xabardor qilgan.

Foto: DXX

DXX, FVV va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida MChJ rahbari pulni topshirayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan kredit hamda subsidiya evaziga pora talab qilgan shaxslar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.