Gadjetlar

Honor 600 Lite haqida ilk ma’lumotlar oshkor qilindi

Narxi $316dan boshlanadi
Honor 600 Lite haqida ilk ma’lumotlar oshkor qilindi / Foto: Honor

Honor brendi o‘rta segmentga mo‘ljallangan yangi smartfoni Honor 600 Lite’ni taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda GSMArena nashri ma’lum qildi.

Dizayn va himoya

Honor 600 Lite metal ramka va shisha orqa panelga ega bo‘lib, IP66 sertifikatiga ega. Bundan tashqari, telefon maxsus kamera tugmasi bilan jihozlangan.

Texnik xususiyatlar

Qurilma MediaTek Dimensity 7100 Elite SoC bilan ishlaydi, unga 8GB RAM va 256GB ichki xotira o‘rnatilgan. Telefon Android 16 asosidagi Honor UI bilan birga taqdim etiladi va bir nechta SI imkoniyatlarni taklif qiladi.

Foto: Honor

Kamera imkoniyatlari

Honor 600 Lite ikki orqa kamera tizimiga ega: asosiy 108MP sensor (f/1.75) va 5MP ultrakeng burchakli kamera. Selfi va videoqo‘ng‘iroqlar uchun esa 16MP old kamera mavjud.

Displey va batareya

Telefon 6,6 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan bo‘lib, Full-HD+ rezolyutsiya va 120Hz yangilanish tezligini ta’minlaydi. Qurilmada 6,250mAh batareya mavjud bo‘lib, u 45W tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ranglar va narx

Honor 600 Lite Desert Gold (Sahro oltini) va Velvet Black rang (binafsha qora) variantlarida taqdim etiladi. Qurilma hozirda Singapurda sotuvga chiqarilgan bo‘lib, boshlang‘ich narxi SGD 399 ($316 atrofida). Ehtimoliy ravishda telefon yaqin orada Yevropaga ham yetib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Magic V6 smartfoni ikki xil versiyada taqdim etilishi haqida xabar bergan edik.