Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonidan uchib ketdi

3-mart 2026 16:31 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: yardbarker

Eron tomonidan Ar-Riyoddagi AQSh diplomatik markaziga dron hujumlari uyushtirilgan tunda Krishtianu Ronalduning 61 mln funt sterling ($81 mln)lik xususiy samolyoti Saudiya Arabistonini tark etdi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Eron davlat ommaviy axborot vositalari tunda mamlakatdagi AQSh diplomatik shtab-kvartirasi nishonga olingani haqida xabar berdi. Shuningdek, Bahrayndagi xodimlar binosi ham vayron qilingani e’lon qilindi.

Foto: aeroaffaires

Yaqin Sharqdagi qonli ziddiyat to‘rtinchi kuniga o‘tar ekan, minglab xorijiy fuqarolar mintaqani tark etmoqda. Ronalduning samolyoti tunda Misr va O‘rta er dengizi ustidan uchib o‘tgan. Qayd etilishicha, ushbu xususiy samolyot 2024-yilda xarid qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning «Almeria» klubi hammuassisiga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek