Osiyo kubogi: O‘zbekiston ayollar termasi Shimoliy Koreyaga imkoniyatni boy berdi

3-mart 2026 10:22 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

2026-yilgi Ayollar Osiyo kubogining 1-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv 3-mart kuni Avstraliyadagi «Sidney» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘FA

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlandi. O‘yin taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi. Shimoliy Koreya vakilasi Myong Ju-Jong 6, 24 va 41-daqiqalarda gol kiritib, xet-trik qayd etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi turnirning «B» guruhidan joy olgan. Ushbu guruh doirasidagi ikkinchi uchrashuv ham 3-mart kuni Xitoy hamda Bangladesh ayollar terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonlik futbolchilar guruh bosqichining keyingi uchrashuvini 6-mart kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Foto: O‘FA

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilgi U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlangani va O‘zbekiston «D» guruhidan joy olgan haqida xabar bergan edi.

Shuningdek