O‘zRTXB har bir oddiy aksiyaga 780 so‘m dividend to‘lashi mumkin

eʼlon qilindi
Kompaniya Kuzatuv kengashi tavsiya qildi
Foto: sinenkiy/Depositphotos

«O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AJ Kuzatuv kengashi 2025-yil yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarga har bir oddiy aksiya uchun 780 so‘m miqdorida dividend to‘lashni tavsiya qildi.

Freedom Broker Uzbekistan yozishicha, bu summa o‘tgan oydagi o‘rtacha bozor narxidan kelib chiqib, taxminan 10,7 foizlik dividend daromadini anglatadi. To‘lov koeffitsiyenti sof foydaning qariyb 85 foizi darajasida baholanmoqda.

Dividendlar va 2025-yil uchun yillik hisobotni tasdiqlash masalasi 2026-yil 18-mart kuni o‘tkaziladigan aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Yig‘ilish eVOTE servisi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestri 2026-yil 12-mart holatiga tuziladi. T+2 hisob-kitob tizimi inobatga olingan holda, reestrga kirish uchun aksiyalarni sotib olishning oxirgi kuni 2026-yil 10-mart hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq nega O‘zRTXB va Hamkorbank aksiyalari keskin oshgani haqida ma’lumot berilgandi. Kapital Depozit investitsiya kompaniyasi direktori Farrux Xodjayevning ta’kidlashicha, kotirovkalarning ko‘tarilishi tasodif emas, chunki mahalliy bozorda sifatli vositalar taqchilligi kuzatilmoqda.

Shuningdek