Yangiliklar

Ramazonda tug‘ilgan bolaga Ro‘zivoy yoki Ramazon deb ism qo‘yish kerakmi

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari javob berdi
2025-yilda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ildi
Foto: Pexels.com

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari «Ramazon oyida tug‘ilgan farzandlarga Ro‘zivoy yoki Ramazon singari ismlarni xoslab qo‘yish shartmi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:

«Shariatimizda Ramazonda tug‘ilgan bolaga ro‘zaga moslab ism qo‘yish shartligi haqida ko‘rsatma yo‘q. Ba’zilarning bola Ramazon oyida tug‘ilsa, Ramazon, Ro‘za yoki Hayit ismini qo‘yish kerak, degan mana shunga o‘xshagan gaplari asossiz, dinimizga aloqasi yo‘q. Musulmonchilik an’analariga ko‘ra, Alloh taologa bandalik ma’nosini ifodalovchi, yaxshi, chiroyli, milliy urf-odatlarimizga to‘g‘ri keluvchi, yaxshi niyatli ismlarni qo‘yishlik maqsadga muvofiq», – deydi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.

Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud.