Sergeli bozoridagi eng hamyonbop «inomarkalar» qaysi

3-mart 2026 14:44 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Sergeli bozoridagi eng hamyonbop «inomarkalar» qaysi
Ekran tasviri «Moshina bozorim» You Tube kanali

1-mart kuni Sergeli avtomobil bozorida «inomarkalar» qatori ko‘zdan kechirildi. Ma’lum bo‘lishicha, bozorda bir qancha modellar hamyonbop narxlarda taklif qilinmoqda.

Sergeli bozorida narxlar juda keng diapazonda. Eng arzon inomarkalar $2,2 – 3 ming atrofidan boshlanadi. O‘rtacha segment $12 – 17 mingda. Premium va yirik yo‘ltanlamaslar esa $60 mingdan yuqori narxlarda taklif qilinmoqda. Quyida ulardan ba’zilari haqida ma’lumot beriladi.

ModelYiliProbegQo‘shimcha ma’lumotNarxi
Toyota Camry1998—Kelishuvda $2,2 ming, benzin qo‘shib beriladi$3 ming
Toyota Avalon2008—Propan o‘rnatilgan$12 ming
Hyundai Tucson—350 ming kmAvtomat, metan balonlari bor$5,8 ming (kelishuvda $4,5 ming)
Jetour (X70)202342 ming kmNaqd pulda kelishuv bor$17 ming
Nissan Patrol201933 ming km«Bron plonka», tekshirtirish mumkin$63 ming
BMW X62009——$20 ming
BMW X52006325 ming km3.0 M52 motor, propan bor$12 ming
Zeekr 0072024—3,5 sekundda 100 km/soat$36,5 ming
Mercedes 2032006122 ming mil—$14 ming
BYD gibrid202444 ming 300 km—$25,9 ming
BYD202395 ming kmNaqdda kelishuv bor$23 ming

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia Soluto Chevrolet Cobalt o‘rnini bosa olishi mumkinligi haqidagi taxmin o‘rganilgandi. Chevrolet Cobalt kuchliroq dvigatel va 6 pog‘onali avtomat bilan taklif etiladi. U taksi bozorida mustahkam obro‘ga ega. Kia Soluto esa zamonaviyroq salon va Kia brendi bilan ajralib turadi. Ikkilamchi bozorda ham Kia odatda narxni yaxshiroq ushlab turadi.

Shuningdek