Yangiliklar

Tabiiy gaz bazaviy me’yori 15-martga qadar uzaytirildi

Mamlakatning barcha hududlarida
Ohangaronda 1,6 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi
Tabiiy gaz bazaviy me’yori 15-martga qadar uzaytirildi / Foto: Fo-energie

O‘zbekiston bo‘ylab tabiiy gaz ta’minotida bazaviy me’yor muddati 15-martga qadar uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Ob-havo prognozlariga ko‘ra, sovuq havo massasi mamlakatning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli mavjudligi sababli, isitish mavsumida har bir uy va xonadon uchun belgilangan 500 kub metr gaz bazaviy me’yor barcha hududlarda 2026-yil 15-martgacha amal qiladi.

Vazirlik 15-martdan keyin ob-havo sharoitiga qarab, zarurat tug‘ilsa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 2026-yil 15-martigacha uzaytirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ijtimoiy tarmoqlarda 1-martdan boshlab tabiiy gaz narxi oshirilgani haqidagi xabarlar tarqalgan, Energetika vazirligi esa bu ma’lumotlarni rad etgan edi.