Tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt tizimi bekor qilinishi mumkin

eʼlon qilindi
Yangi qaror loyihasiga ko‘ra, tibbiyot sohasida o‘tish ballari 70 foizgacha oshirilishi ko‘zda tutilgan
Foto: Oyna

Joriy yildan boshlab O‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish amaliyoti bekor qilinishi mumkin. Bu bo‘yicha qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Hujjatga ko‘ra, tibbiyot oliygohlarida ta’lim sifatini oshirish maqsadida qator o‘zgarishlar rejalashtirilgan. Xususan, bakalavriat, klinik ordinatura va magistratura bosqichlarida har bir o‘quv modulini o‘zlashtirish hamda davlat imtihonlari uchun minimal talablar kuchaytiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, shifokor mutaxassisliklari uchun minimal o‘tish bali 70 foiz, o‘rta tibbiy xodim mutaxassisliklari uchun esa 60 foiz etib belgilanishi kutilmoqda. Bu shuni anglatadiki, shifokor bo‘lish istagidagi abituriyentlar bakalavriat bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinish uchun test sinovlarida kamida 132,3 ball to‘plashlari kerak bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda barcha ta’lim yo‘nalishlari qatori tibbiyot sohasida ham minimal o‘tish bali maksimal ballning 30 foizini, ya’ni 56,7 ballni tashkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryoda 134 nafar talaba qizning kontrakti to‘lab berilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek