Toshkentda noqonuniy elektr quvvatlash shoxobchalari aniqlandi

eʼlon qilindi
Quvvati 20 kVtdan ortiq bo‘lgan
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida quvvati 20 kVtdan ortiq bo‘lgan bir qator elektr quvvatlash shoxobchalari qonunchilik talablariga zid ravishda ulangan va foydalanilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayrim shoxobchalar majburiy texnik shartlar va kelishuvlarsiz, texnika hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmagan holda ishga tushirilgan. Shuningdek, davlat fondi yer uchastkalarida belgilangan tartib-qoidalarga, jumladan elektron onlayn-auksion talablariga amal qilmasdan noqonuniy joylashtirish holatlari ham aniqlangan.

Rasmiylarga ko‘ra, bunday qoidabuzarliklar shahar elektr tarmoqlariga ortiqcha yuklama berib, transformator podstansiyalarida avariyaviy holatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Natijada turar joy uylari elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi, qisqa tutashuv va yong‘in xavfi ortishi ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, infratuzilmaning nazoratsiz rivojlanishi elektromobillik tizimining barqaror ishlashiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilayotgani, aloqador shaxslarga huquqiy baho berilayotgani bildirildi. Hokimlik aholi va tadbirkorlarni xavfsizlik masalalariga mas’uliyat bilan yondashishga, quvvatlash shoxobchalarini ulashda barcha texnik shartlar va rasmiy tartiblarni to‘liq bajarishga chaqirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saudiya kompaniyalari Turkiyada 2 milliard dollarlik elektr stansiyalari qurishi haqida yozgandi.

Shuningdek