Kino va seriallar

«Uzoq shahar»ning 53-qismida nimalar kutilmoqda

Kanal D telekanalida namoyish etilayotgan
«Uzoq shahar»ning 53-qismida nimalar kutilmoqda
Foto: Kanal D

Kanal D telekanalida namoyish etilayotgan «Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining 52-qismi yana keskin voqealar bilan yakunlandi. Yangi qism bilan birga 53-qism tizeri ham e’lon qilindi.

O‘tgan qismda Jihan va Alya butun Albora oilasini oyoqqa turg‘azdi. Jihan aybdorlardan eng og‘ir tarzda hisob so‘rashga tayyorlanadi. Boran esa Ejmelning yordamini olib, o‘z rejasini davom ettiradi. Biroq u o‘zini bu kurash g‘olibi deb o‘ylasa ham, vaziyat kutilgandek kechmaydi.

Alya esa o‘g‘liga yetib borish umidida yashirin ravishda Boran bilan yo‘lga chiqadi. U bu safar uni farzandiga olib boradi deb o‘ylaydi. Ammo u o‘zini noma’lum va xavfli vaziyat ichida topadi. Shu paytda Jihan ham odamlari bilan Alyani topish uchun harakatga tushadi. Unga birinchi bo‘lib kim yetib boradi yordammi yoki yangi falokatmi bu ochiq qoladi.

Sadakat ham vaziyatga aralashadi. Ona sifatida u o‘g‘lini yaqinlashayotgan xavfdan saqlash uchun kutilmagan qaror qabul qiladi. Bu qaror esa voqealarni butunlay boshqa tomonga burishi mumkin.

Uzak Şehir 53. Bölüm 1. Tanıtım | "Yanında Kalmasına Müsaade Edebilirim, Bir Şartla!"

53-qism birinchi tizeriga ko‘ra, Sadakat va Boran o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvdan keyin yana sud bo‘lishi kutilmoqda. O‘rmonda yo‘qolgan Alyani esa Jihan qutqaradi. Sudda nimalar bo‘ladi, bola vakolati qayta ko‘rib chiqiladimi bu mavzular hali ochiq. Qahramonlar o‘rtasidagi ziddiyatlar yanada chuqurlashishi va kutilmagan burilishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bridjertonlar» seriali 4-mavsumining davomi chiqqani haqida xabar berilgandi. Yangi seriyalar Benedikt Bridjerton hikoyasini davom ettiradi.