Yangiliklar

Yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,8 mlrd dollarga yetdi

Eksport hajmi deyarli $1,7 mlrdni tashkil etdi
Yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,8 mlrd dollarga yetdi
Foto: Depositphotos

2026-yil yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $5,8 mlrdga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $1,3 mlrdga yoki 29,2 foizga ko‘pdir.

Unga ko‘ra, hisobot oyida eksport hajmi deyarli $1,7 mlrdni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bir yil avvalgiga nisbatan 26,7 foizga oshdi. Import esa $4,1 mlrdga yetdi va 30,3 foiz o‘sdi. Natijada savdo balansi $2,5 mlrd manfiy saldo bilan shakllandi.

O‘zbekiston 145 dan ortiq davlatlar bilan savdo aloqalarini olib bordi. Tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush Xitoyga to‘g‘ri kelmoqda. Uning hissasi 27,9 foizni tashkil etdi. Rossiya 18,7 foiz, Qozog‘iston 7,1 foiz, Turkiya 3,6 foiz va Afg‘oniston 2,4 foiz ulush bilan keyingi o‘rinlarda band qilgan.

Jadval:

DavlatUlushi (%)
Xitoy27,9
Rossiya18,7
Qozog‘iston7,1
Turkiya3,6
Afg‘oniston2,4

Eksport hajmi

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 56,2 foiz bo‘ldi. Sanoat tovarlari 18,1 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar 10 foizni, kimyoviy mahsulotlar 10 foizni tashkil etdi. Turli xil tayyor mahsulotlar ulushi 7,1 foizga yetdi. Xizmatlar eksporti $742,1 mlnni tashkil etib, 38,6 foizdan 43,8 foizgacha ulush oshdi.

Davlatlar kesimida eksport bo‘yicha Rossiya 19,2 foiz bilan yetakchi bo‘lmoqda. Xitoy ulushi 10,5 foiz, Afg‘oniston 8,1 foiz, Fransiya 6,1 foiz, Turkiya 5 foizni tashkil etdi. Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va BAA ham asosiy hamkorlar qatoridan joy olgan.

Eksport hajmida yuqori davlatlar

DavlatUlushi (%)
Rossiya19,2
Xitoy10,5
Afg‘oniston8,1
Fransiya6,1
Turkiya5,0
Qozog‘iston4,8
Qirg‘iz Respublikasi2,7
Tojikiston2,7
BAA2,4

2026-yil yanvar oyida 106,8 ming tonna meva va sabzavot eksport qilindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 13,6 foizga yoki 12,8 ming tonnaga ko‘pdir. Pul ifodasida meva va sabzavot eksporti $99,4 mlnni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 21,6 foizga oshgan.

Import hajmi

Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalariga to‘g‘ri keldi. Ularning hissasi 35,9 foizni tashkil etdi. Sanoat tovarlari 13,9 foiz, kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar esa 11,8 foiz ulush bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.

2026-yil yanvarida tovarlar importi $3,7 mlrdga yetdi. Bu ko‘rsatkich bir yil avvalgi davrga nisbatan $869,4 mlnga oshdi. Xizmatlar importi $443,0 mlnni tashkil qildi va jami importning 10,7 foizga teng bo‘ldi. Xizmatlar importi ham o‘tgan yilga nisbatan 26,3 foizga oshgan.

125 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar import qilindi. Eng yirik hamkor Xitoy bo‘lib, uning ulushi 35 foizni tashkil etdi. Rossiya 18,5 foiz, Qozog‘iston 8 foiz, Koreya Respublikasi 3 foiz, Turkiya 3 foiz, Germaniya 2,3 foiz va Turkmaniston 2 foiz ulush bilan keyingi o‘rinlarni egalladi. Mazkur davlatlar jami importning 70 foizdan ortig‘ini ta’minladi.

Import hajmida yuqori davlatlar:

DavlatUlushi (%)
Xitoy35,0
Rossiya18,5
Qozogʻiston8,0
Koreya Respublikasi3,0
Turkiya3,0
Germaniya2,3
Turkmaniston2,0

Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston eksporti 2025-yilda 24 foizga oshgani haqida yozgan edi.