Yangiliklar

Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab eksportchilarga favqulodda yordam beriladi

Mintaqada yuzaga kelgan murakkab geosiyosiy vaziyat tranzit va tashqi savdoga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda
Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab eksportchilarga favqulodda yordam beriladi
Foto: Pexels

Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab eksportchilarga favqulodda yordam beriladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha favqulodda yordam mexanizmi ishga tushirildi. Mazkur mexanizm tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar muammolarini tezkor hal etishga qaratilgan.

Endilikda eksportchi va importchi korxonalar o‘z murojaatlarini maxsus telegram bot orqali yuborishi mumkin. Shuningdek, respublika eksport shtabi huzurida 24 soat ishlaydigan Call-markaz ham faoliyat yuritadi.

Tadbirkorlar +998-71-238-52-52 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, yuzaga kelgan logistika yoki to‘lov muammolari bo‘yicha tezkor yordam olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Doha aeroportida qolib ketgan 50 ga yaqin o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilgani haqida yozgan edi.