Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Mukofot sohibalariga 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosimda diplom va ko‘krak nishonlari topshiriladi
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti
Foto: UzA

Bugun, 3-mart kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, mamlakatimizda o‘z iqtidori, tashabbuskorligi va yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, ta’lim, fan, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari hamda jamoatchilik faoliyatida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli qizlar mukofot bilan taqdirlanadi.

Milliy mukofot komissiyasi taklifiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan eng munosib nomzodlar saralab olindi. Mukofot sohibalariga 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosimda diplom va ko‘krak nishonlari topshiriladi.

Shuningdek, har bir sovrindorga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishi belgilandi. Qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir zimmasiga yuklatilgan.

F.I.Sh.HududTa’lim / Ish joyi
1Satniyazova Indira Qaniyaz qiziQoraqalpog‘iston R.Qoraqalpoq davlat universiteti, 3-bosqich talaba
2Erimbatova Dilnoza Nurulla qiziQoraqalpog‘iston R.Qoraqalpoq davlat universiteti, 2-bosqich magistrant
3Umurzoqova Moxlaroy Muxtorjon qiziAndijon viloyatiAndijon davlat pedagogika instituti, 1-bosqich magistrant
4Abduqaxorova Muslimaxon Mirzabaxrom qiziAndijon viloyatiAndijon davlat pedagogika instituti, 1-bosqich magistrant
5Ergashova Mehriniso Husniddin qiziBuxoro viloyatiBuxoro davlat pedagogika instituti, 1-bosqich magistrant
6Fayzullayeva Vazira XamidovnaBuxoro viloyatiBuxoro davlat tibbiyot instituti, 1-bosqich magistrant
7Tursunova Visola BehzodovnaJizzax viloyatiJizzax davlat pedagogika universiteti, 2-bosqich talaba
8Jo‘raboyeva Muhsina Orif qiziJizzax viloyatiO‘zbekiston Milliy universiteti, kabinet mudiri
9Murodova Marjona Shuxrat qiziQashqadaryo viloyatiBojxona instituti, xalqaro hamkorlik bo‘limi inspektori
10Amirova Latofat Bahrom qiziQashqadaryo viloyatiErkin ijodkor, shoira
11Qudratova Mashxura Fazliddin qiziNavoiy viloyatiPrezident maktabi, 11-sinf o‘quvchisi
12Haydarova Laziza Nabijon qiziNavoiy viloyatiNavoiy davlat universiteti, 2-bosqich talaba
13Ergashova Xushnozaoy Toxirjon qiziNamangan viloyati«Bahor» davlat raqs ansambli, balet artisti
14Ismoilova Gulshanoy Shuhrat qiziNamangan viloyatiO‘zbekiston Milliy universiteti, 1-bosqich talaba
15Mamedova Amaliya ParvizovnaSamarqand viloyati33-maktab, 11-sinf o‘quvchisi
16Tohirova Mohigul Umir qiziSamarqand viloyatiSamarqand davlat universiteti, assistent
17Mingboyeva Zulxayo Ulug‘bek qiziSirdaryo viloyatiHalima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi, 11-sinf
18Maxmudova Olimaxon Yusufjon qiziSirdaryo viloyatiO‘zbek milliy maqom san’ati markazi, sozanda
19Ibrogimova Nodira JurabekovnaSurxondaryo viloyati«Shkola 21», loyiha rahbari
20Shokirova Gulhayyo O‘ktam qiziSurxondaryo viloyatiToshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, magistrant
21Uralova Gulhayo Baxodir qiziToshkent viloyatiFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, doktorant
22Xolmuxamedova Parizod Jasurbek qiziToshkent viloyati24-bolalar musiqa va san’at maktabi, o‘qituvchi
23Jo‘raboyeva Dilafruzxon Sardorjon qiziFarg‘ona viloyatiXalqaro frilanser
24Sobirova Dilafruzxon Salohiddin qiziFarg‘ona viloyatiPrezident maktabi, 11-sinf o‘quvchisi
25Quronboyeva Moxinur Odilbek qiziXorazm viloyatiUrganch davlat tibbiyot instituti, katta o‘qituvchi
26Do‘smetova Shahzoda Do‘smet qiziXorazm viloyatiO‘zbek milliy maqom san’ati markazi, maqom xonandasi
27Saranseva Anastasiya OlegovnaToshkent shahri208-maktab, 11-sinf o‘quvchisi
28Mavlonova Sevinch Sanjar qiziToshkent shahri«Yangi O‘zbekiston» universiteti, 2-bosqich talaba

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sankt-Peterburg gubernatori Xayrullo Ibodullayevni ko‘krak nishoni bilan taqirlagani haqida yozgandi.

Shuningdek