2026 Chevrolet Equinox yangilanish bilan taqdim etildi

4-mart 2026 16:01 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2026 Chevrolet Equinox yangilanish bilan taqdim etildi
Foto: GM Authority

2026-yilgi Chevrolet Equinox krossoveri bir qator kichik yangilanishlar bilan taqdim etildi. GM Authority’ga ko‘ra, eng muhim yangiliklardan biri bu avtomobil uchun tortish (trailering) paketi paydo bo‘lishi bo‘ldi.

Mazkur paket aslida 2025-yilgi model uchun rejalashtirilgan edi, biroq xaridorlarga taqdim etilmagan. Endi esa 2026-yilgi Equinox uchun ushbu opsiya dilerlar orqali o‘rnatiladigan paket sifatida taklif qilinadi.

Trailering paket tarkibiga tirkama ilgagi va tashqi molding to‘plami kiradi. Hozircha paket narxi e’lon qilinmagan. U LT, RS va Activ komplektatsiyalarida mavjud bo‘ladi.

Tortish imkoniyati ham e’lon qilingan. To‘liq tortuvchi (AWD) versiya 680 kg gacha yukni torta oladi. Old g‘ildirakdan tortuvchi (FWD) versiyada esa bu ko‘rsatkich 360 kg atrofida.

2026-yilgi model yana bir nechta yangilanishlarni ham oldi. Masalan, yangi Polar White Tricoat rang varianti paydo bo‘ldi. LT komplektatsiyasida haydash rejimlarini tanlash tugmasi qo‘shildi. Biroq LT versiyasidagi Convenience Package II endi tom relslarini o‘z ichiga olmaydi.

Chevrolet Equinox 1,5 litrli turbomotor bilan jihozlangan. Dvigatel 175 ot kuchi ishlab chiqaradi. Old tortuvchi versiyalar CVT uzatma bilan, AWD versiyalari esa 8 pog‘onali avtomat uzatma bilan taklif etiladi.

Foto: GM Authority

Modelning boshlang‘ich narxi $30,795 dan boshlanadi. Hozirda avtomobil Meksikadagi GM San Luis Potosí zavodida ishlab chiqarilmoqda. 2027-yildan boshlab esa uni AQShning Kansas shtatidagi Fairfax zavodida ham ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergeli bozoridagi eng hamyonbop «inomarkalar» haqida ma’lumot berilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, bozorda bir qancha modellar hamyonbop narxlarda taklif qilinmoqda.

Eng arzon inomarkalar $2,2 – 3 ming atrofidan boshlanadi. O‘rtacha segment $12 – 17 mingda. Premium va yirik yo‘ltanlamaslar esa $60 mingdan yuqori narxlarda taklif qilinmoqda. 

Shuningdek