Yangiliklar

4-5 mart kunlari metan «zapravkalar» faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritiladi

4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha
11-fevraldan metan "zapravka"lar odatdagi ish rejimiga qaytadi
Foto: Energetika vazirligi

Bugun, 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha respublika bo‘yicha avtomobillarga siqilgan tabiiy gaz quyish shoxobchalari (metan zapravkalar) faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur chora aholi xonadonlari hamda maktab, bog‘cha, shifoxona kabi ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti barqaror va cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tabiiy gaz bazaviy me’yori 15-martga qadar uzaytirilgani haqida yozgandi.