«Barselona» yirik g‘alabaga qaramay, kubok finalidan quruq qoldi

4-mart 2026 12:06 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: fcbarcelona.com

3-mart kuni Ispaniya qirol kubogi yarim finalining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda «Barselona» o‘z maydonida «Atletiko Madrid»ni 3:0 hisobida mag‘lub etganiga qaramay, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra turnir bilan xayrlashdi.

Foto: Getty Images

Jamoalarning o‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvida madridliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu sababli, Xansi Flik boshchiligidagi kataloniyaliklar finalga chiqish uchun ushbu bahsda kamida to‘rtta gol urishi talab etilardi. Yakunda umumiy hisob 3:4 ko‘rinishida «Atletiko Madrid» foydasiga hal bo‘ldi.

HIGHLIGHTS | FC BARCELONA 3 vs 0 ATLETICO MADRID | COPA DEL REY 25/26

Uchrashuvning 29 va 72-daqiqalarida 18 yoshli Mark Bernal dubl qayd etdi. Shuningdek, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 5-daqiqada Rafinya belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Mezbonlar qator hujumlar uyushtirganiga qaramay, qo‘shimcha bo‘limlar uchun kerak bo‘lgan to‘rtinchi golni ura olishmadi.

Foto: fcbarcelona.com

Diyego Simeone shogirdlari endilikda hal qiluvchi o‘yinda «Real Sosyedad» yoki «Atletik» jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Barselona» yana La ligada peshqadamga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek