Avto

Changan CS35 Max Qozog‘istonda qanday narxda sotilmoqda

$19 – $20 ming atrofida
Foto: Changa

Qozog‘istonda Changan CS35 Max krossoveri 8,99 mln tenge ($19 – $20 ming) narxda sotuvga chiqarildi. Bu haqda Auto.ru nashri xabar berdi.

Taqqoslash uchun, Rossiyada shunga yaqin komplektatsiya 2,7 million rubl atrofida baholanmoqda. Narxlar o‘rtasidagi farq deyarli ikki baravarni tashkil etadi.

Mutaxassislar bunday tafovutni modelning Qozog‘istonda mahalliy yig‘ilishi bilan izohlashmoqda. Avtomobil Olmaotadagi AMMKZ zavodida ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi hamda soliq va bojxona imtiyozlari yakuniy narxning sezilarli pasayishiga ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.

Texnik jihatdan Qozog‘iston bozori uchun mo‘ljallangan versiya Rossiyadagisidan farq qilmaydi. U 1,5 litrli turbomotor (147 ot kuchi, 280 Nm), 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatma va old g‘ildirakdan tortish tizimi bilan jihozlangan.

Shu bilan birga, Luxe komplektatsiyasidayoq panoramali tom, 12,3 dyuymli multimedia ekrani, Sony audiotizimi, iqlim nazorati, o‘rindiqlar isitilishi hamda bir qator haydovchi yordamchi tizimlari mavjud. Rossiyada esa ayrim ushbu opsiyalar faqat eng yuqori komplektatsiyada taklif etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt avtomobilining narxi qanchaga pasaygani haqida yozgandi.