Yangiliklar

Dollar tushdi: 5-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

4-mart kuni esa 19,29 so‘mga oshib, 12 209,86 so‘mga yetgan edi
4-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

5-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 30,05 so‘mga tushib, 12 179,81 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

26-fevral kuni esa 50,58 so‘mga tushib, 12 137,10 so‘mni, 27-fevralda 0,53 so‘mga tushib, 12 136,57 so‘mni tashkil qildi. 2-mart kuni dollar 35,61 so‘mga oshib, 12 172,18 so‘mni 3-mart kuni 18,39 so‘mga oshib, 12 190,57 so‘mni tashkil etdi. 4-mart kuni esa 19,29 so‘mga oshib, 12 209,86 so‘mga yetdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 31,22 so‘mga tushib, 14 139,54 so‘mni, rubl 0,8 so‘mga oshib, 156,73 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.