Yangiliklar

Isroil – Eron urushida qaysi davlatdan qancha kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan va boshbanasiz qolganlar ham talaygina
Isroil – Eron urushida qaysi davlatdan qancha kishi halok bo‘ldi / Foto: Reuters

Urushning beshinchi kuniga kelib, AQSh va Yaqin Sharq mintaqasida halok bo‘lganlar soni 861 nafarga yetdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

3-mart holatiga ko‘ra, Eron qurbonlari soni bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi – 787 kishi. Isroilda Quddus yaqinidagi Beit Shemesh shahrida raketa zarbasi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Livanda esa Isroil zarbalari oqibatida 50 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Bahraynga raketa yo‘naltirilgandan so‘ng Salman sanoat shahrida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi. Kuvaytda esa Eron hujumlari oqibatida 3 ta o‘lim qayd etildi, ulardan ikkitasi harbiy xizmatchilar bo‘lgan.

O‘mon poytaxti Masqat yaqinida 1 kishi, Birlashgan Arab Amirliklarida esa 3 kishi vafot etdi. Shuningdek, Kuvaytdagi bir inshootga berilgan zarba oqibatida 6 AQSh harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.

Hududdagi notinchliklar davom etar ekan, qurbonlar, jabrlanganlar va zararlar soni oshib borishi mumkin

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda hujum oqibatida halok bo‘lgan 165 nafar maktab o‘quvchisi dafn etilgani haqida xabar qilgan edik.