
Finlyandiyaning Nokian Tyres kompaniyasi qishki shinalar uchun yangi texnologiyani taqdim etdi. Yangi Nokian Hakkapeliitta 01 modeli haroratga qarab yo‘l bilan yopishish darajasini avtomatik o‘zgartira oladi.
Ushbu shina maxsus metall tishchalarga ega. Sovuq sharoitda tishchalar qattiqlashib, shina yuzasidan chiqib turadi va muz hamda qor ustida yaxshi tishlashni ta’minlaydi. Harorat oshganda esa tishchalar shina ichiga chuqurroq kirib ketadi.

Bunday mexanizm shinaning yuqori qismiga o‘rnatilgan maxsus qatlam yordamida ishlaydi. Aynan shu qatlam tishchalarni rezina ichida mahkamlab turadi va haroratga qarab ularning harakatini boshqaradi.
Yangi shina asfalt yo‘lda ancha jim ishlaydi va yo‘l qoplamasiga kamroq zarar yetkazadi. Shu bilan birga, u muz va qorli yo‘llarda yuqori darajadagi yopishishni saqlab qoladi.
Bu texnologiya qishki shinalar segmentida muhim yangilik bo‘lishi mumkin. Chunki tishchali shinalar odatda shovqinli bo‘lishi va yo‘l qoplamasini tezroq yemirishi bilan tanilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Great Wall Wingle 7 avtomobili Qozog‘istonda ishlab chiqarilishi haqida yozgan edi.