O‘zbekistonda 21 yoshdan keyin turmush qurgan yoshlarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar o‘rtasida moliyaviy mustaqil va oila qurishga tayyor bo‘lgan davrda turmush qurishni rag‘batlantirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 2027-yildan boshlab 21 yoshga to‘lib, birinchi marta oila qurayotganlarga davlat tomonidan qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etiladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda nikohlarning 40 foizi 18–19 yoshli yoshlar o‘rtasida tuzilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan va 21 yoshdan keyin oila qurgan yoshlarga ajratiladigan moliyaviy yordam (subsidiya, kredit, grantlar) miqdori 1,5 baravarga oshiriladi. Shuningdek, nikoh shartnomasini tuzgan juftliklar davlat bojidan ozod qilinadi.
Ma’lumot uchun, 2025 yil davomida O‘zbekistonda FHDYo organlarida jami 267,1 nikoh rasman qayd etilgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Samarqandda 31,7 mingta oila tuzilgan. Eng kam ko‘rsatgich esa Navoiy (7,3 ming) va Sirdaryo (6,8 ming) viloyatlarida qayd etilgan.
Avalroq Kursiv Uzbekistan ekofaol oilalar uchun yangi imtiyozlar joriy etilishi haqida xabar bergan edi.