Yangiliklar

Prezident bir guruh sudyalarni bayram munosabati bilan mukofotladi

10-mart – Xalqaro ayol sudyalar kuni munosabati bilan
Poraxo‘r sudya
Foto: Vesti

Shavkat Mirziyoyev 10-mart – Xalqaro ayol sudyalar kuni munosabati bilan sud-huquq tizimida ko‘p yillik samarali mehnat qilgan, odil sudlovni ta’minlash va inson huquqlarini himoya qilishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonda ta’kidlanishicha, mukofotlanganlar jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash, sud tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish, odil sudlovni adolat, xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirish, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va yosh avlodni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasida ibratli faoliyat olib bormoqda.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan:

  • Astanova Umsun — O‘zbekiston sud organlari faxriysi

«Do‘stlik» ordeni bilan:

  • Balkibayeva Janagul Ismaylovna — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi

«Mardlik» ordeni bilan:

  • Rabiyeva Muxabbat Mirjalilovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi

«Jasorat» medali bilan:

  • Yeshnazarova Gulistan Allanazarovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi
  • Shamsutdinova Elza Rifovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan:

  • Asranova Gulnoraxon Abdurasulovna — Andijon viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi
  • Boltaxodjayeva Iroda Abdukarimovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi

«Shuhrat» medali bilan:

  • Aymaganbetova Janat Bisenbayevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi sudyasi
  • Dusmatova Mahsuda Musurmonovna — Toshkent viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi
  • Yulchiyeva Soxibaxon Qodirjonovna — Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudi raisi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilingani haqida yozgandi.