
4-mart holatiga Qamchiq dovonining yuqori nuqtalarida qor yog‘moqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi.
Vazirlik haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, 4-mart kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi, kechasi va ertalab ayrim hududlarda tuman tushishi haqida ma’lumot berilgandi. Unga ko‘ra, harorat kechasi 3° dan 15° gacha, kunduzi esa 2–15° atrofida iliq bo‘ladi.
Xususan, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 3° sovuq–2° iliq bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yoki qor, tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi, sel-to‘shqin holatlari kuzatiladi.