Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashida kadrlar o‘zgardi

Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi
Davlat organlarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
Foto: internet

Vazirlar Kengashi tizimida bir qator kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Kengashi raisining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Nurullan Erlepesov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi vaziri Shuhrat Teshaev ham boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimidan ozod qilindi.

Bo‘shagan lavozimlarga yangi rahbarlar tayinlandi. Xususan, Atamurat Shamuratov Vazirlar Kengashi raisining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari hamda iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi. U bunga qadar Jo‘qorg‘i Kenges apparatida investitsiyalar, kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sektori boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari hamda qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Kamiljan Aytbaev tayinlandi. U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Taxiatosh tumani hokimi bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, 4-mart kuni o‘tgan xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida yangi hokim tayinlandi. Sessiyada Islambek Sdikov Taxiatosh tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sdikov bundan avval Vazirlar Kengashida kotibiyat boshlig‘i, Xo‘jayli tumani hokimi birinchi o‘rinbosari hamda Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Administratsiyada kadrlar tarkibini yangilagandi. Farmoyishga binoan, Yuliya Vasilyevna Risyukova prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.