Surxondaryoda yer maydonini sotish bilan bog‘liq firibgarlik aniqlandi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Foto: Departament

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yer maydonini noqonuniy rasmiylashtirib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Departament ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Qiziriq tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro qo‘lga olingan. U dehqonchilik qilish sharti bilan boshqa fuqaroga 30 yil muddatga ijara asosida berilgan 80 sotix yer maydonini tanishlari yordamida boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Shu xizmat evaziga tanishidan 200 mln so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Andijon va Namanganda 334 mln so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek