
Tesla kompaniyasi yaqinda Cybertruck All-Wheel Drive (AWD) modelining narxini oshirganini e’lon qildi. Bu haqda ArenaEv avtonashri ma’lum qildi.
Dastlab 51 ming yevrodan sotilgan Cybertruck AWD modeli atigi 10 kun ichida 59,9 ming yevroga ko‘tarildi, qimmatlashish taxminan 16,7 foizga teng. Tesla bu qarorni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib, narx tez orada oshishini ma’lum qilgan va qisqa muddatda ko‘plab buyurtmalarni olgan. Natijada yetkazib berish sanasi 2026-yil iyundan 2027-yilga surilib ketdi.

Yangi AWD modeli bekor qilingan Rear-Wheel Drive (RWD) versiyasiga nisbatan yaxshiroq xususiyatlarga ega: ikki motor, havoli suspenziya, motorli yukxona qopqog‘i va orqa quvvat prizalari mavjud. Avvalgi modelda esa faqat bitta motor bo‘lib, muhim elementlar yetishmas edi. Shu sababli yangi AWD modeli oshgan narxda ham qulay variant sifatida ko‘rilmoqda.

2019-yilda Tesla Dual-Motor AWD versiyasi uchun 42,6 ming yevro narx va’dasini bergan edi. Inflatsiyani hisobga olsak, bugungi qiymat 53,8 ming yevro atrofida bo‘lishi kerak edi, lekin hozirgi 59,7 ming yevro va’da qilingan narxdan 6 ming yevro yuqori. Eng yuqori Cyberbeast modeli esa 85,3 ming yevroga sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla kompaniyasi yangi versiyadagi Cybertruck narxini arzonlashtirgan edi.