
3-mart kuni Turkiya kubogi guruh bosqichining 4-turida «Trabzonspor» klubi safarda «Istanbul Bashakshehir» jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev asosiy tarkibda harakat qildi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Felipe Augusto «Trabzonspor»ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda maydon egalari Nunu Da Kosta (48-daqiqa) va Ivan Brnich (66-daqiqa) kiritgan gollar evaziga hisobda oldinga o‘tib oldi. Biroq 70-daqiqada Mustafo Eskijellax hisobni tenglashtirdi.
O‘yinning 38-daqiqasida hakam uch nafar futbolchiga, jumladan, «Istanbul Bashakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodovga sariq kartochka ko‘rsatdi. 79-daqiqada maydon egalari himoyachisi Usseynu Ba qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Ushbu vaziyatdan so‘ng mehmonlar o‘yinda ustunlikka erishdi.

Pol Onuachuning 84-daqiqada hamda Ozan Tufanning 85-daqiqada kiritgan gollar «Trabzonspor» g‘alabasini ta’minladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodovning goli «Istanbul Bashakshehir»ga g‘alaba keltirgani haqida xabar bergan edi.
