
Great Wall o‘zining flagman Tank 700 Hi4-Z modelining yangi modifikatsiyasini taqdim etdi. Bu haqda Autohome nashri xabar berdi.

Yangi versiya dizayni yangilangan, obves agressivlashgan va aerodinamikasi yaxshilangan. Kapot ventilyatsiya teshiklari bilan jihozlangan, old bamper uch qismdan iborat va yangi splitter bilan ta’minlangan. G‘ildirak arkasi kengaytirilgan, g‘ildirak disklari esa 20 yoki 21 dyuym o‘lchamda. Orqa qismida katta spoyler va integratsiyalangan kamera, bamperda esa diffuzor imitatsiyasi mavjud.

Avtomobil o‘lchamlari: 5105 × 2061 × 1985 mm, g‘ildirak bazasi 3000 mm. Tomida LIDAR o‘rnatilgan va u 2,5 tonnagacha treyler torta oladi.
Hi4-Z modifikatsiyasining asosiy yangiligi – plug-in gibrid dvigatel. U 2,0 litrli turbomotor (252 ot kuchi) va 59,05 kVt·soat quvvatga ega batareya bilan ishlaydi. To‘liq elektr rejimida maksimal masofa 190 km, yonilg‘i sarfi esa 8,45 l/100 km. Umumiy tizim quvvati esa deyarli 972 ot kuchiga teng.

Shuningdek, SUV yangi ko‘k-siyoh rang va yanada agressiv ko‘rinishga ega obves bilan taqdim qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Li Auto Volkswagenni keskin tanqid etgani haqida yozgandi.