Yangiliklar

6-mart kuni qaysi hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda

6-mart soat 20:00 gacha amal qiladi
6-mart kuni qaysi hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda / Foto: Sun’iy intellekt

6-mart kuni O‘zbekistonning aksar hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa ba’zi joylarda qor ko‘chishi va sel xavfi bor.

Quyida ob-havo ma’lumoti hududlar kesimida:

HududKunduzgi haroratKechki haroratYog‘ingarchilik shakli
Toshkent shahri11-13° iliq4-6° iliqKechasi va ertalab yomg‘ir, tuman; kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati9-14° iliq0-5° iliqUstyurtda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor); ba’zi joylarga tuman
Buxoro va Navoiy viloyatlari10-15° iliq0-5° iliqBa’zi joylarga tuman; yog‘ingarchilik kutilmaydi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari10-15° iliq3-8° iliqKechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir; ba’zi joylarga tuman
Qashqadaryo viloyati15-20° iliq5-10° iliqKechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir; ba’zi joylarga tuman
Surxondaryo viloyati15-20° iliq5-10° iliqKechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir; ba’zi joylarga tuman
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari8-13° iliq3-8° iliqKechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir; ba’zi joylarga tuman
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari3-8° iliq3° sovuq – 2° iliqVaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir va qor; ba’zi joylarga tuman; tog‘larda qor ko‘chishi va sel xavfi