
Kia Xitoyda yangilangan Kia Sportage krossoverining 2026-yilgi modelini taqdim etdi. Mahalliy bozorda model Kia Lion Platinum Tuojie nomi bilan sotuvga chiqadi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.
Avtomobil narxi 154,9 mingdan 217,9 ming yuangacha (taxminan $18 mingdan $25 minggacha) yetadi.

Ishlab chiqaruvchi 30-aprelgacha amal qiladigan aksiya doirasida boshlang‘ich narxni $15 minggacha tushirdi. Model jami 7 xil komplektatsiyada taqdim etiladi.
Yangilangan krossover o‘lchamlari biroz kattalashgan: uzunligi 4695 mm ga yetgan. Shuningdek, model ilk bor X-Line sport-paketi bilan ham taklif qilinmoqda.




Salonida ikkita 12 dyuymli displeydan iborat egilgan panel, shuningdek proyeksion ekran o‘rnatilgan. Xavfsizlik tizimlari L2+ darajasigacha yangilangan — avtomobil burilish chirog‘i yoqilganda o‘zi qatnov yo‘lagini almashtira oladi va kalit yordamida masofadan turib parkovka qilishi mumkin.
Texnik jihatdan ham o‘zgarish bor: kompaniya robotlashtirilgan uzatmalar qutisidan voz kechib, 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisini qo‘llagan. U ikki xil dvigatel bilan taklif etiladi:
- 1,5 litrli turbomotor — 200 ot kuchi,
- 2,0 litrli dvigatel — 245 ot kuchi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan GM Chevrolet avtomobili uchun chegirma e’lon qilgani haqida yozgandi.