Eron droni Ozarbayjon aeroportiga quladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hodisa oqibatida bino shikastlangan va parvozlar cheklangan
Ekran tasviri

Ijtimoiy tarmoqlarda Eron tomonidan Naxichevan xalqaro aeroportiga dronlar orqali zarba berilgani aks etgan kadrlar tarqaldi.

Video: 1news.az

Tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarda aeroport terminali ichidagi vayronagarchiliklar, jumladan, shikastlangan shift konstruksiyalari hamda singan oynalarni ko‘rish mumkin. Hodisa sababli Naxichevanga yo‘naltirilgan ba’zi reyslar ortga qaytishga majbur bo‘lgan.

Video: 1news.az

Hozirda aeroport hududida parvozlarga nisbatan vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgani aytilmoqda. Garchi hujum Tahronga tegishli ekanini ta’kidlanayotgan bo‘lsa-da, bu borada hozircha rasmiy davlat organlari tomonidan tasdiqlangan ma’lumot yo‘q.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil Eronga havodan zarbalar berayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek