Galaxy S26 Ultra ekranida muammolar kuzatilmoqda

eʼlon qilindi
Ekrandagi tasvir nafaqat atrofdagilar, balki foydalanuvchilarning o‘ziga ham noaniq ko‘rinmoqda
Foto: BGR

Tarmoqlarda yangi Samsung Galaxy S26 Ultra flagmani ekranining sifati bo‘yicha foydalanuvchilar shikoyatlari paydo bo‘lmoqda. Xabarlarga ko‘ra, qurilma displeyida tasvirlar sezilarli darajada sifatsiz ko‘rinmoqda.

Ice Universe holat yuzasidan izoh berib, bu qurilma bilan bog‘liq muammo ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, matritsadagi piksellar bir vaqtning o‘zida turli xil yorqinlik darajasida yonadi va bu matn aniqligining yomonlashishiga olib keladi.

MT.Today resursi bosh muharriri Yevgeniy Makarov ham smartfondan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini tasdiqladi. Uning aytishicha, hatto Antijosus rejimi o‘chirilgan bo‘lsa-da, ekrandan uzoq vaqt foydalanish ko‘zlarning qattiq charchashiga sabab bo‘lmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan $11 minglik Samsung Galaxy S26 Ultra taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek