Iroq davlati elektr energiyasisiz qoldi

eʼlon qilindi
Bunday holat Basra viloyatidagi Rumayla elektr stansiyasida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli sodir bo‘lgan.
Foto: Ismael Adnan/dpa/picture alliance

4-mart kuni Iroqda keng ko‘lamli elektr uzilishi yuz berdi. Natijada mamlakatning barcha viloyatlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtab qoldi. Bu haqda DW.com nashri xabar berdi.

Iroq Elektr energetikasi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bunday holat Basra viloyatidagi Rumayla elektr stansiyasida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli sodir bo‘lgan. Stansiyaga yetkazib beriladigan gaz hajmi kutilmaganda kamayib ketgani tufayli uning quvvati 1900 megavattga pasaygan va bu butun elektr tizimining ishlashiga ta’sir ko‘rsatgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, ayrim uy-joylarda generatorlar hisobiga elektr mavjud, biroq ko‘chalardagi yoritish tizimlari to‘liq o‘chib qolgan.

Hozirda elektr stansiyalari va elektr uzatish tarmoqlarida tiklash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur hodisa Eronga qarshi Amerika va Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan harbiy zarbalar fonida yuz bermoqda. 28-fevraldan buyon davom etayotgan bu to‘qnashuvlar Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatni yanada keskinlashtirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab eksportchilarga favqulodda yordam berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek