Ketma-ket 4 kun kompyuter o‘ynagan talaba vafot etdi

5-mart 2026 10:12 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Unsplash

Tayvanlik talaba to‘rt kun va uch kecha davomida kompyuter o‘yinlarini o‘ynagani uchun sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan. Bu haqda Oddity Central nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, to‘rtinchi tunda talaba hojatga turmoqchi bo‘lganida, birdan og‘riqdan qichqirib, ongini yo‘qotgan holda yerga qulagan. Shifokorlar uning miyadagi arteriya yorilishi natijasida katta qon ketishi yuzaga kelganini aniqlagan.

Favqulodda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganiga qaramay, talabaning holati og‘irligicha qolgan. U sun’iy nafas olish apparatiga ulangan va qon bosimi uchun dorilar berilgan. Bir necha oy o‘tib, yaqinlari uning hayotini ushlab turgan uskunalardan voz kechishga qaror qilgan.

Shifokorlar bunday hodisalarni marafon o‘yini deb ataladigan ketma-ket uzoq vaqtli o‘yinlardan kelib chiqadigan xavf sifatida baholamoqda. Uzoq vaqt ekran qarshisida qolish nafaqat sog‘liq uchun xavfli, balki hatto hayotga xavf solishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Anapadagi texnikumda sodir bo‘lgan otishmada bir talaba halok bo‘ldi haqida yozgandi.

Shuningdek