Yangiliklar

Markaziy bank pul o‘tkazmalarida operatsiya maqsadini ko‘rsatish bo‘yicha takliflar so‘radi

Takomillashtirilgan mexanizm ishlab chiqilgach, bu haqda alohida tartibda qo‘shimcha ma’lumot beriladi
Markaziy bank pul o‘tkazmalarida operatsiya maqsadini ko‘rsatish bo‘yicha takliflar so‘radi
Manba: Review.uz

Markaziy bank P2P o‘tkazmalarida operatsiya maqsadini ko‘rsatish bo‘yicha takliflar so‘radi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarnomada qayd etilishicha, mobil ilovalarda P2P o‘tkazmalarida operatsiya maqsadini ko‘rsatish funksiyasini joriy etishda banklarning texnik imkoniyatlari, mobil ilovalar arxitekturasi hamda foydalanuvchi interfeysi qulayligi inobatga olinadi.

Tijorat banklari va to‘lov tashkilotlari ushbu funksiyani o‘z ichki siyosati hamda texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib ixtiyoriy tartibda joriy qilishi mumkin. Bunda yangi parametrlarni qo‘shish yoki taklif etilgan ayrim variantlarni kamaytirish imkoniyati ham mavjud.

Takomillashtirilgan mexanizm ishlab chiqilgach, bu haqda alohida tartibda qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Markaziy bankka ko‘ra, rejalashtirilayotgan o‘zgarishlarning asosiy maqsadi onlayn platformalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish hamda naqdsiz hisob-kitoblar hajmini kengaytirishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank tijorat banklari va to‘lov tashkilotlariga yangi ko‘rsatma yuborgani haqida yozgan edi.